18:43 / 20.04.2016
4766

Avstriya O‘zbekistonda nemis tili bo‘yicha yangi grantlar joriy etishi mumkin

Avstriya tashqi ishlar vazirligi Sharqiy Yevropa, Kavkaz orti davlatlari, O‘rta Osiyo davlatlari bo‘limining boshlig‘i Haydemariya Gyurer O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida mehmon bo‘ldi. 

Uchrashuv davomida Gyurer universitet o‘qituvchilarining avstriyalik mutaxassislar bilan hamkorlikda yangi avlod darsliklarini yaratishdagi xizmati, O‘zbekistonning xorijiy tillar tizimida Yevropa ta'lim standartlariga tobora yaqinlashib borayotganiga alohida urg‘u berdi.

Shuningdek, O‘zDJTU rahbariyati bilan o‘tkazilgan ikki tomonlama dialog chog‘ida bakalavriat va magistratura bosqichida nemis tilini o‘rganuvchi talabalar uchun grantlar dasturini joriy qilish, kadrlar almashinuvi va pedagogik amaliyotni Avstriyada o‘tash masalasi, Toshkentda Avstriya kunlarini tashkil etish, hamkorlik bitimlari imzolash bo‘yicha savollar muhokamaga qo‘yildi.

Top