09:02 / 20.04.2016
1437

«Bavariya» Myullerning dubli evaziga «Verder»ni yengib, Kubok finaliga yo‘l oldi

19 aprel kuni Germaniya Kubogining yarim finalida «Bavariya» va «Verder» klublari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.

O‘yinning 30-daqiqasida Tomas Myuller hisobni ochgan bo‘lsa, 71-daqiqaga kelib yana germaniyalik hujumchining o‘zi 11 mertlik nuqtadan Vidvaldni ikkinchi bor ranjitishga muvaffaq bo‘ldi.

O‘yinda shu hisob saqlanib qoldi va myunxenliklar finalga yo‘l olishdi.

«Bavariya» endi yarim finalning ikkinchi juftligi, «Borussiya» va «Gerta» to‘qnashuvida ustun kelgan jamoa bilan finalda uchrashadi.

«Bavariya» mamlakat tarixida bu turnirda g‘olib chiqish bo‘yicha rekordchi jamoa hisoblanadi - 17 marta.

Germaniya Kubogi. 1/2 final

Bavariya – Verder 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 30 Myuller, 2:0 – 71, penalti Myuller.
Bavariya – Noyyer, Lam, Bernat (Benatiya, 58), Alaba, Gettse (Alkantara, 60), Xabi Alonso, Riberi, Martines, Koman (Vidal, 67), Myuller, Levandovski.
Verder – Vidvald, Vestergor, Shternberg, Gebre Selassi, Djilobodji, Yunuzovich, Yatabare (Oztunali, 74), Bartels, Fritts (Klyaynxaysler, 83), Grillich, Pisarro (Udja, 73).
Ogohlantirish: Fritts (24).

Top