15:51 / 20.04.2016
4166

Buklanuvchi klaviatura shaklidagi mini-kompyuter

Xitoyning Pipo kompaniyasi buklanuvchi Bluetooth-klaviatura shaklida ishlab chiqarilgan yangi, ixcham mini-kompyuterlarni taqdim etdi. Yangi qurilma KB2 deb nomlanadi va u Windows 10 Home operatsion tizimida ishlaydi.

Korpus ichida 1.44–1.84 GGts chastota va Intel HD Graphics grafik kontrolleriga ega 4 yadroli Intel Atom X5-Z8300 (Cherry Trail) protsessori, 2/4 GB operativ xotira, 32/64 GBli flesh karta, microSD xotira kartasi uchun joy va 2500 mAch sig‘imli akkumulyator mavjud.

Simli va simsiz interfeyslar to‘plamiga quyidagilar kiradi: USB 2.0, USB 3.0, micro USB, HDMI ko‘rinish, Bluetooth, WiDiga ulana oladigan WiFi 802.11ac va quloqchinlar uchun rozetka. Ishlab chiqaruvchilar yangilikning o‘lchovlari haqida ma'lumot berishmagan, biroq, videodagi tasvir orqali Pipo KB2 qulay va hamyonbop qurilma ekanligini ko‘rish mumkin. Mini-kompyuterning to‘liq ishlashi uchun faqatgina monitor va sichqoncha kerak bo‘ladi.

Qurilma joriy yilning may oyidan boshlab sotuvga chiqadi, biroq uning narxi haqida aniq ma'lumot yo‘q.

Top