14:24 / 20.04.2016
1563

Parijda qurolli kuchlarning yirik antiterror o‘quv mashqlari bo‘lib o‘tdi

19 aprel kuni Parijning Monparnas vokzalidagi binolar majmuasida qurolli kuchlarning yirik antiterror o‘quv mashqlari bo‘lib o‘tdi. Ularda birinchi marta uch asosiy tashkilot - politsiya (Raid), jandarmeriya (GIGN) va Parij jinoiy qidiruv boshqarmasi (BRI) bir vaqtning o‘zida ishtirok etdi.

O‘quv mashqlarida Fransiya ichki ishlar vaziri Bernar Kaznyov, Parij prefekti Mishel Kado va jandarmeriya va politsiya boshliqlari qatnashdi.

Rejaga muvofiq, avval hech birga ishlamagan uch maxsus idoraning o‘zaro hamkorligi ishlab chiqildi. Terroristlarga aynan shunday javob berish zarurati Parijdagi 2015 yilda bo‘lgan teraktlar talabidir. O‘shanda maxsus qismlar kelishigan holda harakat qilmagani tufayli ekstremistlarni bartaraf etish kechikkandi. Buning natijasida terrorchilar 90 kishini otib o‘ldirishgandi. Jami qurbonlar soni 130 nafarni tashkil qiladi.

19 aprel kungi o‘quv mashqlarida Monparnas vokzaliga bir vaqtning o‘zida 9 kishining hujumi uyushtirildi, ular yo‘lovchilarni o‘qqa tutishdi, perronda jo‘nashga tayyor ikki poyezdni qo‘lga olishdi, shuningdek kutish zalidagi yo‘lovchilarni garovga olishdi.

O‘quv mashqlari mobaynida 150 kishilik tarkibdan iborat uch idoraning hamkorlikdagi harakatlari ishlab chiqildi. U atigi 10 daqiqa davom etdi. Natijada qo‘lga olinganlarning uch guruhi yo‘qotishlarsiz ozod qilindi, "soxta terroristlar"ning aksariyat qismi "yo‘q qilindi".

Top