15:21 / 20.04.2016
1746

Saudiya Arabistonida ayollarga kechki payt restoranlarda ishlashga ruxsat berildi

Saudiya Arabistonida ayollarga oilaviy tashrif uchun mo‘ljallangan restoranlar, ayollar mahsulotlari sotiladigan do‘konlar va oilaviy ko‘ngilochar markazlarda kechki-tungi vaqtlarda ishlashga ruxsat berildi. Bu haqda mamlakat mehnat vazirligi vakili Abdul Manam ash-Shahriy xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ma'lum mehnat turlarini taqiqlash hukumat ayollarga umuman ishlash yoki biror mashg‘ulotga ega bo‘lishni man etadi degani emas.

“Vazirlik ayollarga ularning tabiatiga mos va shu bilan birga ularning huquqlari ham himoyalanadigan ish sharoitlarini yaratishga urinmoqda”, deya aniqlik kiritdi ash-Shahriy.

Vazirlik vakili ma'lumotiga ko‘ra, hukumat ayollarning xavfsizligi va ularning sog‘ligini muhofaza qilish nuqtai nazaridan 21ta mutaxassislikda mehnat qilishiga ruxsat bermaydi.

Saudiya Arabistonida ishda band aholining 17 foizini ayollar tashkil etadi.

Top