11:13 / 20.04.2016
1386

Tramp va Klinton nyu-yorkliklarga minnatdorchilik izhor qildi

Praymeriz g‘oliblari Demokratik va Respublikachilar partiyasidan Hillari Klinton va Donald Tramp nyu-yorkliklarga yordam-dalda uchun minnatdorchilik bildirishdi.

“Rahmat, Nyu-York. Siz (shahar aholisi) menga 16 yil avval ishongan edingiz va bugun yana ishonch bildirdingiz. Mayen siz uchun kurashishdan hech qachon to‘xtamayman”, - deya yoziladi Klintonning rasmiy tvitterida.

O‘z navbatida Tramp ham tvitter sahifasida: “Rahmat, Nyu-York! Men hech qachon unutmayman”, - deb yozib qo‘ygan.

Nyu-Yorkdagi praymerizda Tramp va Klinton raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirmasdan g‘olib bo‘ldi.

Bundan oldinroq, Nyu-Yorkdagi Empayr-steyt-bilding binosi Tramp va Klintonning g‘alabasi sharafiga turli ranglarda yoritilgani haqida xabar berilgandi.

Top