11:32 / 20.04.2016
1815

Xitoyda 15-qavatdan tushib ketgan bola omon qoldi

Xitoy sharqidagi Chanchjou shahrida uch yoshli bola 15-qavatdan tushib ketdi va tirik qoldi.

Voqea bola yashaydigan uyda balkon oynalari almashtirilayotgan paytda sodir bo‘lgan. Ona oshxona chalg‘igan payt bolakay ochiq balkondan pastga sho‘ng‘igan.

Yomg‘irdan so‘ng yumshab qolgan yerga yuz tomoni bilan tushgani uchun bola mo‘'jiza sabab tirik qolgan. U 15 santimetr nariga yiqilganda asfaltga tushgan bo‘lardi. Hozir esa bolaning bir necha joyi qattiq singan.

“Bu haqiqatdan ham mo‘'jiza”, - deydi bolaning onasi.

Top