15:39 / 20.04.2016
7597

Yoshlarga ishga joylashish texnologiyasi o‘rgatildi

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tomonidan yoshlarni ish bilan ta'minlashga ko‘maklashish maqsadida ish qidiruvchi yoshlar uchun “Ishga joylashish texnologiyasi” mavzusida trening tashkil etildi.

Unda Yosh trenerlar maktabi a'zolari va ta'lim muassasasining bitiruvchi bosqich talaba, o‘quvchilari va bitirib ilk bor ish izlayotgan yoshlar ishtirok etdi.

Tinglovchilar trening doirasida ishga joylashayotganda suhbatdan muvafaqqiyatli o‘tish ko‘nikmalariga, ishga kirishda kerak bo‘ladigan hujjatlar, mehnat faoliyatini boshlaganda beriladigan imtiyoz va kafolatlar haqida ma'lumotlarga ega bo‘ldi.

Shuningdek, yoshlar “Mehnatni muhofaza qilish asoslari”, “Jamoa shartnomasidagi yoshlar uchun kafolatlar” mavzulari bo‘yicha o‘qitildi.

Birinchi trening tajriba tariqasida o‘tkazilib, u yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Trening tajribasidan kelib chiqqan holda, keyingi trening-seminarlarda dasturni takomillashtirish, mavzularga ko‘proq vaqt ajratish, nazariya bilan birga amaliyotda qo‘llanayotgan tajribalarni ham o‘rgatish bo‘yicha xulosa qilindi.

Top