22:22 / 20.04.2016
2427

Yoshlarni onlayn muhitda himoyalashga qaratilgan qo‘llanma ishlab chiqildi

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Axborot xavfsizligini ta'minlash markazi tomonidan o‘zbek va rus tillarida “Onlayn muhitda yoshlarni himoya qilish bo‘yicha qo‘llanma” ishlab chiqildi.

Mazkur qo‘llanma Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining 2016 yil 7 apreldagi qo‘shma qarori asosida tasdiqlandi. Qo‘llanmaning tasdiqlanishi, shuningdek, Respublika Ma'naviyat targ‘ibot markazi va Respublika “Kamolot” YoIH Markaziy kengashi bilan kelishildi.

“Onlayn muhitda yoshlarni himoya qilish bo‘yicha qo‘llanma” voyaga yetmaganlar va ularning ota-onalariga mo‘ljallangan bo‘lib, unda bolalarni Internet tarmog‘idagi xavf-xatarlardan asrash va ularning axborot xavfsizligi me'yorlariga rioya qilishlari bo‘yicha tavsiyalar mavjud. Jumladan, qo‘llanmada voyaga yetmaganlar 3 toifaga (7 yoshdan 10 yoshgacha, 10 yoshdan 13 yoshgacha, 13 yoshdan 16 yoshgacha) bo‘lingan holda, ularga va ularning ota-onalariga bir-biridan alohida tarzda takliflar va tavsiyalar berilgan.

Top