17:47 / 21.04.2016
1698

BMT: yil boshidan beri 561 ming suriyalik insonparvarlik yordami oldi

2016 yil o‘tgan davri mobaynida, Suriyaning eng muhtoj hududlarida istiqomat qilayotgan 561 mingdan ortiq insonga gumanitar yordam berilgan. BMT gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi shu haqda xabar qilmoqda.

"2016 yil boshidan beri BMT va uning hamkor tashkilotlari 561 mingdan ortiq kishiga gumanitar yordamlarni yetkazib berdi. Ular yetib borish qiyin bo‘lgan manzillarda istiqomat qilishadi", — deyiladi boshqarma axborotnomasida.

Bir hafta avval, BMT vositasida insonparvarlik yordami olgan suriyaliklar soni 450 ming kishini tashkil etgan edi, deb xabar qiladi TASS agentligi.

Top