15:48 / 21.04.2016
1529

Hongkongda «Panama arxivi»ni chop etgan gazeta bosh muharriri ishdan bo‘shatildi

Hongkongda «Panama arxivi»ni chop etgan «Min Pao» gazetasi bosh muharriri vazifasini bajaruvchi sifatida ishlab kelayotgan xodimi ishdan bo‘shatildi. Muharrirning bo‘shatilishi «resurslarni saqlash» uchun ekani tushuntirib o‘tilgan.

Nashr kasaba uyushmasi bergan bayonotida Keun Kvok-Yuenning iste'fosidan «juda afsusda» ekanini bildirib o‘tgan.

Kasaba uyushmasi a'zolari nashr rahbari Chun Ten Siong bilan uchrashib, uning qarorini muhokama qilishni istamoqda.

«Panama arxivi» — bu Panamaning ofshor kompaniyalarni ro‘yxatga oluvchi Mossack Fonseca yuridik firmasi bilan bog‘liq 10 milliondan oshiqroq hujjatlar jamlanmasi. Arxiv ma'lumotlarida xitoylik va hongkonglik rahbarlarning yaqinlari tomonidan tashkil etilgan korxonalar haqida ham ma'lumotlar berilgan.

Top