22:29 / 21.04.2016
1585

Jyeyms Bond haqidagi filmlar rejissyori vafot etdi

Britaniyalik kinematograf Gay Xemilton 93 yoshida vafot etdi, deb xabar bermoqda Sky News nashri.

Rejissyor josus 007 Jyeyms Bond haqida 4 ta film: "Goldfinger", "Brilliantlar hamisha", "Yasha va o‘lishga ijozat ber" va "Oltin to‘pponchali odam" filmlarini suratga olgan.

"Men buyuk rejissyor Gay Xemiltonning vafoti haqidagi yangilikdan juda qayg‘udaman", deb yozdi tvitterda Bond rolini ijro etgan aktyorlardan biri Rojyer Mur.

Marhum rejissyorning mashhur ishlari orasidan, shuningdek, "Britaniya uchun kurash", "Navarondan 10-otryad", "Berlindagi dafnlar" kabi filmlar ham o‘rin olgan.

Top