15:20 / 21.04.2016
2295

O‘zbekistonda 1-chorakda xorijiy sarmoya ko‘magida 109ta korxona tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasida 2016 yilning birinchi choragida (yanvar-mart oylarida) xorij valyutasi ishtirokida yana 109 korxona ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Bu haqda O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ulardan Toshkent shahriga 78ta, Toshkent viloyatiga – 9ta, Samarqand va Sirdaryo viloyatiga 4tadan korxona to‘g‘ri keladi.

Xususan, Rossiya Federatsiyasi rezidentlari ishtirokida 21ta, Xitoy Xalq Respublikasi – 20, Koreya Respublikasi – 10, Qozog‘iston Respublikasi – 9, Buyuk Britaniya – 8, Turkiya Respublikasi – 7 va Hindiston Respublikasi rezidentlari ishtirokida 5ta korxona tashkil etildi.

2016 yilning 1 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy valyuta ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalarning umumiy soni 4,9 mingtaga yetdi.

Top