01:06 / 21.04.2016
1787

Suaresning pokeri "Barselona"ga "Deportivo" ustidan yirik g‘alaba keltirdi (Video)

20 aprelda Ispaniya chempionatining 34-turida "Deportivo" o‘z maydonida "Barselona"ni qabul qildi. Katalon klubi uchrashuvda 0:8 hisobidagi yirik g‘alabaga erishdi. Hujumchi Luis Suares o‘z hisobiga poker – 4 ta gol yozib qo‘ydi. Shuningdek, Ivan Rakitich, Lionel Messi, Neymar va Mark Bartra ham o‘z hisoblariga bittadan to‘p yozib qo‘yishdi.

Suaresning pokeri evaziga chempionatdagi gollari soni 30 taga yetdi va u to‘purarlar bahsida yetakchi Krishtianu Ronaldudan 1 ta to‘p ortda qolmoqda. Musobaqa jadvalida "Barsa" 2-o‘rinda borayotgan "Atletiko"dan 3 ochko oldinlab ketdi, biroq "matraschilar" hali o‘z o‘yinlarini o‘ynashmagan.

Ispaniya Primerasi. 34-tur
Deportivo – Barselona – 0:8
Gollar: Suares, 11 (0:1); Suares, 24 (0:2); Rakitich, 47 (0:3); Suares, 53 (0:4); Suares, 64 (0:5); Messi, 73 (0:6); Bartra, 79 (0:7); Neymar, 81 (0:8).

Top