07:34 / 21.04.2016
1669

Ukraina bosh vaziri Groysman prezidentlikka da'vosi yo‘qligini aytdi

Ukraina bosh vaziri Vladimir Groysman ayni vaqtda prezident bo‘lishga da'vosi yo‘qligini aytdi.

Groysman bu haqda "24 telekanal"ga bergan intervyusida ma'lum qildi. Bu haqda "Apostrof" nashri xabar berdi.

"Bugun 20 aprel. Yozib oling: mening prezident bo‘lishga da'voim yo‘q", deb aytdi Groysman.

Groysman Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko bilan aloqasi haqidagi savolga "Men prezident jamoasidaman. Bu biroz balandparvoz yangrashi mumkin, biroq men Ukraina jamoasida ekanligimni aytishim mumkin", deb javob berdi.

Groysman prezident, hukumat va parlament ayni vaqtda "davlat manfaati yo‘lida ishlashi lozimligini" ta'kidlab o‘tdi. 

14 aprelda Ukraina parlamenti 257 ovoz bilan sobiq bosh vazir Arseniy Yatsenyukning iste'foga ketishi va uning o‘rniga Vladimir Groysmanning tayinlanishiga ovoz bergan.

Top