08:31 / 21.04.2016
1480

XAMAS jangarilari Quddusdagi terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmalariga oldilar

Falastinning XAMAS harakati jangarilari 18 aprelda Quddusda avtobus portlashi uchun javobgarlikni o‘z zimmalariga oldilar. Bu haqda Haaretz nashri xabar bermoqda.

Jangarilar teraktni amalga oshirgan 19 yoshli yigit Vifleyem yaqinidagi qochqinlar qarorgohidan bo‘lganini aytishdi.

Yigit halok bo‘lgan tibbiyot markazi xodimlari yigit haqida hech qanday ma'lumotga ega emaslar.

Avvalroq Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu avtobus portlatilishiga aloqador barcha kimsalarni topishga va'da bergandi.

Quddusda avtobus portlashi oqibatida 21 kishi jarohat olgan, ulardan birining ahvoli og‘ir qolmoqda.

Top