15:44 / 22.04.2016
1546

Hindistonda hukm surayotgan qurg‘oqchilik yigitlarning uylanishiga to‘sqinlik qilmoqda

"Bu qishloqqa kim ham qizini berardi?" Hindistonlik yigit, mamlakatda davom etayotgan dahshatli qurg‘oqchilik ko‘lami naqadar jiddiy ekani xususida fikrlarini shu so‘zlar bilan izohladi.

Mamlakat poytaxti Dehli shahridan 640 km. janubda joylashgan Chitrakut tumani Gopipur qishlog‘i fuqarolarining aytishlaricha, suv tanqisligining mahalliy iqtisodiyotga yetkazgan salbiy ta'siri tufayli ularning turmush qurishlari ham mushkul vazifaga aylanib borayapti.

Hindiston hukumatining ma'lumotlariga ko‘ra, 330 million kishi istiqomat qiluvchi hududda davom etayotgan ayanchli qurg‘oqchilik, oziq-ovqat muammosi barobarida shu kabi ijtimoiy muammolarni ham keltirib chiqarmoqda.

Markaziy suv komissiyasi hisobotida qayd etilishicha, so‘nggi 10 yildagi kuchli qurg‘oqchilik sababli, mamlakatning 91 ta suv havzasi sathi eng quyi darajagacha tushib, ular atigi 29 foizga suv bilan to‘lgan.

Mamlakatda iste'mol qilinadigan ichimlik suvining 85 foizi daryolar hisobiga ta'minlanadi, ammo ularning sathi tobora pasayib bormoqda, deyiladi WaterAid axborotida.

Top