12:24 / 22.04.2016
1742

Pekinda ShHT MKKning navbatdagi majlisi o‘tkazildi

2016 yilning 19-21 aprel kunlari Pekin shahrida (Xitoy) Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining (MKK) navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisda O‘zbekistonning ShHTga raisligi doirasidagi asosiy tadbirlarga tayyorgarlik jarayoni ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv davomida Toshkent shahrida o‘tkazish rejalashtirilgan ShHTga a'zo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashi, Tashqi ishlar vazirlari kengashi, Madaniyat vazirlari yig‘ilishi, Ishbilarmonlar kengashi boshqaruvi, Banklararo birlashma kengashi yig‘ilishlarining kun tartibi va yakuniy hujjatlari loyihalari yuzasidan fikr almashildi.

O‘zbekiston tomoni 13-14 aprel kuni bo‘lib o‘tgan ShHTga a'zo davlatlar Xavfsizlik kengashlari kotiblarining o‘n birinchi uchrashuvi yakunlari to‘g‘risida ma'lumot berdi.

Top