19:18 / 22.04.2016
1431

Reuters: Damashq yaqinida harbiy samolyot qulab tushdi

Suriya poytaxti Damashq shahridan janubi-g‘arbda harbiy samolyot qulagan. Bu haqda Reuters agentligi Suriyadagi Inson huquqlari bo‘yicha kuzatuv kengashi (Syrian Observatory for Human Rights) ma'lumotiga asoslangan holda xabar tarqatgan.

Qayd etilishicha, samolyot Damashq yaqinidagi aeroportdan parvoz qilgandi. Ayni vaqtda hodisa sabablari aniqlanmagan.

Halokatdan oldin samolyot IShID nazorati ostida bo‘lgan hudud osmonidan uchib o‘tgan.

Bu halokat tufayli qurbon bo‘lganlar haqida ma'lumotlar yo‘q, uchuvchilarning taqdiri noma'lumligicha qolmoqda.

5 aprel kuni Suriya harbiy havo kuchlariga tegishli samolyot qulagan, u IShID tomonidan urib tushirilgani taxmin qilingandi.

Top