10:05 / 22.04.2016
4747

TIMIda “Zakovat” intellektual o‘yini ligasi start oldi

Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti “Kamolot” YoIH boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan “Suv xo‘jaligida menejment” fakul'teti xamda O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi Yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish masalalari bo‘yicha sektori bilan hamkorlikda yoshlarning ijtimoiy-siyosiy va huquqiy bilimlarini yanada mustahkamlash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda intellektual salohiyatini yanada oshirish maqsadida 2016 yil  20 aprel kuni “Iqtidorli talabalar o‘rtasida intellektual o‘yinlarni tashkil etish” mavzusida seminar-trening hamda “Zakovat” intellektual o‘yining yangi mavsumi boshlandi.

O‘yinda fakul'tetning “Iqtisodchilar”, “Kelajak”, “Renessans”, “Iqtisod bilimdonlari” kabi jamoalar va O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining “Yosh siyosatchilar” klubi faollaridan tashkil topgan “Intellegent”, “Senator”, “Yosh siyosatchi” jamoalari ishtirok etishdi.

O‘yinga Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati A.Umaraliyev, O‘zbekiston XDP mas'ul xodimi U.Bektemirov va SXM fakul'teti dekani o‘rinbosari M.Dadarbayev ekspertlik qilishdi.

O‘yin liga tartibida o‘tkazilgan bo‘lib, birinchi bosqichda eng yuqori ball to‘plagan “Iqtisodchilar” va “Senator” jamoalari ikkinchi hal qiluvchi bosqichda ishtirok etishdi va “Suv xo‘jaligida menejment” fakul'tetining 2-bosqich talabalaridan tashkil topgan “Iqtisodchilar” jamoasi g‘olib deb topildi. Ular institut bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

G‘olib jamoa a'zolari diplom va estalik sog‘alar bilan taqdirlandi.

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati boshlang‘ich tashkilot faoli M.Abduraxmonova

Top