20:15 / 22.04.2016
1677

Xitoyliklar "Marsianin" filmi AQShning koinot sohasidagi hamkorlik qilish istagini anglatishini aytishdi

Xitoyda Hollivudning "Marsianin" ("Marslik") filmini AQShning XXR bilan koinot sohasida hamkorlik qilish niyati borligiga ishorasi sifatida qabul qilishdi. Bu haqida Reuters ma'lum qiladi. 

Bugungi kunda NASA'ga xavfsizlik yuzasidan XXR bilan hamkorlik qilish man qilingan.
Syuy Dachje Pekinning koinotni o‘zlashtirish rejalari yanada aniqlashib bormoqda. U "Marslik" filmining Mars sayyorasida favqulodda vaziyatlardagi qutqaruv operatsiyasida Xitoy va AQShning hamkorligi to‘g‘risidaligini ta'kidladi va bu "amerikalik hamkasblarimiz biz bilan hamkorlik qilishga katta umid bog‘layotganlarini bildiradi".

Shuningdek, Syuy Dachje hozirgi kunda bunday hamkorlik uchun to‘siqlar mavjudligini afsus bilan aytdi.

2016 yil Ridli Skotning bosh rolda Mett Deymon chiqqan "Marslik" filmi "Eng yaxshi komediya" yo‘nalishida "Oltin globus"ni qo‘lga kiritdi.

Top