13:13 / 23.04.2016
1395

Londonga parvoz qilayotgan Boeing texnik muammolar tufayli favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi

Boeing yo‘lovchi samolyoti texnik nuqsonlar sababli Xitoyning Chuntsin shahri aeroportiga qo‘ndi, deb yozmoqda South China Morning Post gazetasi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, samolyot Honkongdan Londonga parvozni amalga oshirayotgan bo‘lgan. Uning yerga favqulodda qo‘nishiga dvigateldagi moy hajmi ko‘rsatkichi xavfsizlik jihatidan eng quyi darajaga tushib ketgani sabab bo‘lgan.

Samolyot aeroportga qo‘nish vaqtida shoshilinch yordam xizmatlari shay holatga keltirilgan. Uning bortidagi 248 nafar yo‘lovchi jabrlanmagan.

Top