20:06 / 23.04.2016
9723

Narimon Sultonxo‘jayev sifatsiz kliplar suratga olishda ayblandi!

Klipmeyker Dilmurod Agzamov hamkasbi Narimon Sultonxo‘jayevni sifatsiz kliplar suratga olayotganlikda ayblab, tanqid qildi...

Dilmurod Agzamov “Darakchi” gazetasi loyihalarining birida qatnashish bahonasida hamkasbi Narimon Sultonxo‘jayevni sifatsiz kliplarni suratga olayotganlikda aybladi. Shuningdek, o‘zi suratga olayotgan kliplarda nega hadeb o‘zi bosh rollarda namoyon bo‘lishi haqida so‘radi.

Klipmeyker Narimon Sultonxo‘jayev hamkasbining tanqidini to‘g‘ri qabul qilib, klip musiqa va qo‘shiq so‘zlaridan kelib chiqib suratga olinishi, aslida trek yo‘nalishini yoqtirmasligi, musiqa garmoniyasiga mos klip suratga olishga harakat qilishini ma'lum qilgan.

Kliplarda faqat o‘zi bosh rollarda namoyon bo‘layotganligi esa boshqa aktyorlar klipmeyker o‘ylagan narsani chiqarib bera olmayotganligi, o‘zi istagan natijani ko‘ra olmayotgani bois klipda o‘zi bosh rollarni ijro etishi, qolaversa, rejissyor sifatida ko‘pincha bosh rolda o‘zini ko‘rishini aytib o‘tgan.

Top