12:48 / 23.04.2016
1535

OAV: «Milan» jamoasining sobiq futbolchisi Gattuzo Qozog‘iston milliy terma jamoasini boshqarishi mumkin

Ayni vaqtda «Piza» jamoasiga bosh murabbiylik qilayotgan Jyennaro Gattuzo Qozog‘iston terma jamoasini boshqarishi mumkin, deb yozmoqda La Gazzetta dello Sport nashri.

Manbaning xabariga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar mavsum yakunlangach boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval, «Milan» sobiq futbolchisi, mahalliy o‘yin vaqtida o‘z xohishi bilan maydonni tark etgani va final hushtagi chalingach hakamni haqoratlagani uchun 3 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilingan edi.

Top