17:05 / 23.04.2016
1502

«Roma» Jyekoni sotib, uning o‘rnini Falkao bilan to‘ldirishi mumkin

«Roma» rahbariyati mavsum oxirida Edin Jyekoni sotib yuborishni rejalashtirmoqda. Uning o‘rni esa «Chelsi»da ijara asosida to‘p surayotgan, transfer huquqi «Monako» jamoasiga tegishli bo‘lgan Radamel Falkao bilan to‘ldirilishi mumkin.

Corriere dello Sport saytida xabar qilinishicha, Jyeko Xitoyga sotib yuboriladi.

Biroq Falkaoni sotib olish rimliklarga oson bo‘lmasligi mumkin. Chunki kolumbiyalik bu tajribali hujumchining maoshi yuqori - yiliga 7 million yevroni tashkil etadi. Shuningdek, unda Yevropa Ittifoqi fuqaroligi yo‘qligi muammo keltirib chiqarishi mumkin.

Falkao joriy mavsumda jamoasi safida APLning 10ta o‘yinida ishtirok etgan hamda 1 gol urgan. Jyeko esa A seriyadagi 28 uchrashuvda maydonga tushib, 8ta gol muallifi bo‘lgan.

Top