16:41 / 23.04.2016
1742

Serbiya chempionati uchrashuvi muxlislardan birining o‘ldirilishi tufayli bekor qilindi

Serbiya chempionatining 32-turidan o‘rin olgan "Borats" – "Tsrvena Zvezda" uchrashuvi noma'lum muddatga ko‘chirildi. Bu haqda "Sportski jurnal" xabar bergan.

Bu qaror 23 aprelga o‘tar kechasi ikki jamoa muxlislari o‘rtasida yuz bergan to‘qnashuv vaqtida muxlislardan birining halok bo‘lishi tufayli qabul qilingan.

Politsiya ma'lumotiga ko‘ra, to‘qnashuv vaqtida mehmonlarning 21 yoshli muxlisi Aleksandar Yachimovichga tig‘ orqali og‘ir jarohat yetkazilgan.

Shuningdek, belgradliklar jamoasining yana bir muxlisi jarohatlangan va shifoxonaga olib ketilgan.

Jamoalarning uchrashuvining yangi muddati 2 klub vakillari hamda liga rahbariyati ishtirokida o‘tkaziladigan maslahatlashuvdan keyin belgilanadi.

Top