10:18 / 23.04.2016
4074

Shavkat Mirziyoyev Sooronbay Jeenbekovni Qirg‘iziston bosh vaziri bo‘lgani munosabati bilan tabrikladi

O‘zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonning yangi bosh vaziri Sooronbay Jeenbekov nomiga tabriknoma yo‘lladi. U o‘z hamkasbini yangi lavozimi bilan qutlagan.

"Ishonch bildiramanki, sizning faoliyatingiz O‘zbekiston va Qirg‘izistonning munosabatlari o‘zbek va qirg‘iz xalqining o‘zaro ishonch, hurmat va manfaatdorlik, yaxshi qo‘shnichilik tamoyillari asosida yanada rivojlanishiga hissa qo‘shib, ikki tomonlama hamkorlikka yangi sur'at baxsh etadi", deyiladi O‘zbekiston hukumati rahbari tabrigida.

Qirg‘iziston hukumati saytida ma'lum qilinishicha, O‘zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston bosh vaziri Sooronbay Jeenbekovga mustahkam sog‘liq hamda davlat xizmatida muvaffaqiyatlar tilagan.

Top