17:19 / 23.04.2016
8770

Xitoyda 2 oyoqli buzoqcha tug‘ildi

Aprel oyi o‘rtasida Xitoyning Yunan provinsiyasida 2 oyoqli buzoqcha tug‘ilgan. Bu voqea mahalliy xalq orasida mashhurlikka erishgan.

Uning old oyoqlari yo‘q va yura olmaydi.

CCTV telekanali xabariga ko‘ra, agar uning xo‘jayini g‘amxo‘rlik qilmaganida jonivor suvsizlik va ochlikdan nobud bo‘lardi. Nogiron buzoqcha onasini ema olmaydi.

Zoologlarning fikricha, bu hodisaga turlicha sabablar bo‘lishi mumkin: irsiy kasallik yoki ona sigirni oziqlantirishda ishlatilgan moddalar.

Top