10:50 / 24.04.2016
1527

“Barselona” joriy mavsumda bir o‘yinda uchta penalti tepish imkoniyatini qo‘lga kiritgan ikkinchi jamoa bo‘ldi

Ispaniya chempionatining 35-turi doirasida “Barselona” — “Sporting” jamoalari o‘rtasida kechgan o‘yinda (6:0) uchrashuv hakami Klos Gomes “Sporting” jamoasi darvozasiga uch marta penalti belgiladi.

Shulardan ikkitasini Luis Suares darvozaga yo‘llagan bo‘lsa, bittasi Neymar hisobiga yozildi.

Bu holatda ushbu mavsumda “Barselona” “Seviliya”dan so‘ng, bitta o‘yinda uch marta penalti tepish imkoniyati paydo bo‘lgan ikkinchi jamoa bo‘ldi.

Top