10:20 / 24.04.2016
1761

Pxenyan: AQSh jazolangan amerikalik tufayli Shimoliy Koreyaga tazyiq o‘tkazmoqda

Shimoliy Koreya tashqi ishlar vaziri Li Su Yonning ta'kidlashicha, AQSh hukumati Pxenyanda 15 yillik qamoq jazosiga mahkum qilingan amerikalik talaba Otto Fredrik Vombiyer bilan bog‘liq vaziyatdan foylanib, Shimoliy Koreya xalqi hayotini mushkullashtirishga harakat qilmoqda. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda.

"Vashington amerikalik talabadan hayotimizni mushkullashtirish uchun foydalanmoqda. Talaba Shimoliy Koreyaga safari chog‘ida nafaqat davlatimiz haqida axborot to‘plagan, balki bizning rahbarimizga qarshi operatsiyani tayyorlash maqsadida axborot yig‘ish jarayonining bir qismi bo‘lgan", deb aytdi vazir.

Vazir, shuningdek, Shimoliy Koreya poytaxtiga qaytgach, davlat rahbariyatini AQSh o‘zining fuqarosi taqdiridan xavotir bildirayotganidan xabardor qilishini hamda bu masalani hal qilish bo‘yicha keyingi qadamlar uning vakolatiga kirmasligini aytdi.

Mart oyi o‘rtasida AQSh Davlat departamenti vakili Mark Toner talabaga chiqarilgan jazo hukmini "haddan tashqari qattiqqo‘l" ekanligini aytgan va talabani zudlik bilan ozod etishga chaqirgan.

Top