19:42 / 24.04.2016
1453

Yamanda minali avtomobil portlashi oqibatida halok bo‘lganlar soni yetti nafarni tashkil qilmoqda

24 aprel kuni Yamanning Abyan provinsiyasidagi Zinjibar shahrida minali avtomobil portlashi natijasida yetti nafar askar halok bo‘ldi, 14 kishi esa jarohatlandi. Bu haqda “Frans Press” agentligi xabar bermoqda.

Noma'lum kishi qo‘shin shahar ichida ketayotgan vaqtda hujumga o‘tgan. Ma'lum qilishlaricha, jangarilarga taalluqli bo‘lgan va ichida portlovchi uskuna o‘rnatilgan avtomobil portlatib yuborilgan.

Ushbu portlashni mintaqada harakatlanuvchi biror bir terrorchilik guruhi o‘z zimmasiga olmadi. Harbiy manbaning ma'lum qilishicha, bunga katta ehtimol bilan “Al Qoida” terrorchilik guruhining aloqasi bo‘lishi mumkin.

Top