08:53 / 25.04.2016
1624

Alli APLda mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi sifatida taqdirlandi

«Tottenhem» jamoasining 20 yoshli yarim himoyachisi Dele mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi deb e'tirof etildi.

Angliya professional futbolchilar assotsiatsiyasi o‘tkazilgan so‘rov yakunlariga ko‘ra, ushbu futbolchini mukofotga loyiq deb topdi. So‘rovnoma APL jamoalari murabbiylari hamda futbolchilari orasida o‘tkazilgan.

O‘tgan mavsumda chempionship vakili «MK Dons»da o‘ynagan va joriy mavsumda «shporlar» ustozi Pochettino tomonidan kashf qilingan Dele Alli joriy mavsumda jamoasi bilan 32 o‘yinda 10ta gol urib, 10ta golli pas muallifi bo‘ldi.

Ma'lumot uchun, bundan oldingi 4 mavsumning 3tasida «Tottenhem» futbolchilari (Kayl Uoker 2011-12, Garet Beyl 2012-13, Harri Keyn 2014-15) mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi uchun mukofotga loyiq ko‘rilgandi.

Top