00:23 / 25.04.2016
1715

APL, 35-tur: "Lester" "Suonsi"ni tor-mor etdi, "Arsenal" "Sanderlend" bilan durang o‘ynadi

Angliya Premer-ligasining 35-turida "Lester" o‘z maydonida "Suonsi"ni 4:0 hisobida tor-mor etdi. "Tulkilar" safida diskvalifikatsiyaga ega Jyeymi Vardi yo‘qligida gollarni Riyad Marez, Leonardo Ulloa (dubl) hamda Mark Olbrayton kiritdi.

Chempionatda yetakchilik qilayotgan "Lester" shu g‘alabasi evaziga "Tottenxem"dan 8 ochkoga ilgarilab ketdi. Biroq "Tottenxem" bitta kam o‘yinga ega va 25 aprelda "Vest Bromvich" bilan uchrashadi. "Suonsi" esa 15-o‘rinni egallamoqda.

Angliya Premer-ligasi. 35-tur
Lester Siti – Suonsi Siti – 4:0
Gollar: Marez, 10 (1:0); Ulloa, 30 (2:0); Ulloa, 60 (3:0); Olbrayton, 85 (4:0).

Yana bir uchrashuvda "Sanderlend" o‘z maydonida "Arsenal"ni kutib oldi. Uchrashuv 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

Shu tariqa Arsen Venger shogirdlari oxirgi 7 ta o‘yindan 4 tasida durang natija qayd qilishdi va o‘zlarining ahvollarini yanada og‘irlashtirishdi.

E'tiborlisi, "Arsenal" yarimhimoyachisi Jyek Uilshir 2015 yildagi Angliya kubogi finalidan keyin birinchi marta maydonga tushdi. Futbolchi 370 kun o‘ynamadi.

"Arsenal" (64 ochko) ochkolar bo‘yicha "Manchester Siti" bilan tenglashib, u bilan chempionatning 3-o‘rinini bo‘lishmoqda. "Sanderlend" (31 ochko) esa "Norvich" bilan tenglashib, u bilan 17-o‘rinni bo‘lishmoqda.

Sanderlend – Arsenal – 0:0


Top