11:45 / 25.04.2016
1517

«Chelsi» «Borussiya» futbolchilaridan birini sotib olmoqchi

Germaniyaning «Borussiya» klubi yarimhimoyachisi Genrix Mxitaryan Londonning «Chelsi» jamoasi qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

Bild nashri bergan xabarga ko‘ra, londonliklar klubi 27 yoshli Armaniston terma jamoasi futbolchisini mavsum yakuniga yetgach sotib olishni istamoqda. «Chelsi» futbolchi uchun 60 mln yevro berishga tayyorligini bildirgan.

Mxitaryanning o‘zi hozircha bir qarorga kelganicha yo‘q. Futbolchining agenti Mino Rayola nemis klubi bilan amaldagi shartnoma muddatini uch yilga uzaytirish bo‘yicha muzokara olib bormoqda. Tomonlar shartnomada ko‘rsatilgan tovon puli bo‘yicha kelisha olishmayapti.

Eslatib o‘tamiz, futbolchiga shuningdek «Arsenal» va «Yuventus» klublari qiziqish bildirishgan.

Top