09:57 / 25.04.2016
1511

«Feyyenoord» 12-marta Niderlandiya Kubogida g‘olib chiqdi

24 aprel kuni futbol bo‘yicha Niderlandiya Kubogi final uchrashuvi o‘tkazildi. Unda «Feyyenoord» «Utrext»ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Rotterdamliklar klubi endi bu sovrinni 12 marta qo‘lga kiritgan jamoaga aylandi. Shuningdek, bu jamoaning keyingi 8 yil davomida qo‘lga kiritgan ilk sovrini hisoblanadi.

Niderlandiya chempionatida (Erediviziya) «Feyyenoord» 32 turdan keyin 57 ochko bilan uchinchi o‘rinda ketmoqda. Jamoa 78tadan ochko to‘plab 1 va 2-o‘rinlarda ketayotgan «Ayaks» hamda «PSV»ga yetib olish imkoniyatiga ega emas.

Feyyenoord – Utrext 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 42 Kramer, 1:1 – 51 Leuvin, 2:1 – 75, avtogol Bednarek.
Feyyenoord – Vermeyer, Bottegin, Kongolo, Karsdorp, van Bek, Tornstra, Trindade, Kyuyt (Nelom, 89), El-Axmadi, Elia, Kramer (Basajiko‘g‘li, 80).
Utrext – Bednarek, Leuvin, Kum (Yosten, 86), van Marel, Letsxert, Ramselar, Shtrider, Yanssen (Ligeon, 86), Lyudvig (Boymans, 76), Aller, Barazit.
Ogohlantirishlar: Leuvin (30), Kongolo (50), Tornstra (90).

Top