12:24 / 25.04.2016
1684

Garet Beyl: «Men «Manchester Siti»ga qarshi bir necha marta g‘alabali o‘yinlar o‘tkazib ulgurganman»

«Real» jamoasi yarim himoyachisi Garet Beyl 26 aprel kuni «Manchester Siti»ga qarshi YeChLning yarim finali doirasida o‘tadigan uchrashuvi oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Men bir necha marotaba «Manchester Siti» jamoasiga qarshi g‘alabali o‘yinlar o‘tkazib ulgurganman va bu jamoaga gollar urganman. Albatta, bu jiddiy raqib, ammo jamoamiz finalga chiqish uchun qo‘lidan imkoni bor barcha ishni qiladi.

Premer-liga menga qar doim yoqqan, ushbu musobaqani kuzatishda davom etaman. Angliyaga o‘ynash uchun qaytayotganim yaxshi bo‘ldi. Eng asosiysi – g‘alaba bilan qaytish.

Bunday yuqori darajadagi jamoalarga qarshi o‘ynaganda favorit bo‘lmaydi. Ularni «Stok» ustidan g‘alaba qozonganini bilamiz va o‘yinni intizorlik bilan kutmoqdamiz», – deya ta'kidladi Beyl.

Top