16:57 / 25.04.2016
2291

Islom Karimov rasmiy tashrif bilan Moskvaga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 25 aprel kuni, soat 15:00da rasmiy tashrif bilan Moskvaga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zA xabar qildi.

Tashrif davomida davlat rahbarlari O‘zbekiston—Rossiya hamkorligi rivojining dolzarb masalalarini muhokama qiladi, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik ayrim muammolar yuzasidan fikr almashadi.

Muzokaralar yakuni bo‘yicha O‘zbekiston bilan Rossiyaning turli sohalardagi o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Top