11:42 / 25.04.2016
5364

O‘zbekistonlik talaba Tokioda Yaponiya TIV o‘tkazgan tanlov g‘olibi bo‘ldi

23 aprel kuni Tokio shahrida chet el elchixonasi xodimlari va chet elliklar o‘rtasida 19-marotaba "Yapon tilida notiqlik san'ati" tanlovi bo‘lib o‘tdi. Unda 20ga yaqin turli davlat elchixona vakillari va chet elliklar ishtirok etishdi.

Ushbu tanlov Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi, Yaponiya fan, ta'lim, madaniyat vazirligi, "Nippon Times" nashri va bir qancha yirik korporatsiyalar homiyligida bo‘lib o‘tdi.

Tanlov yakunida birinchi o‘ringa "Dunyoni o‘zgartiruvchi kuch" mavzusida qatnashgan o‘zbekistonlik talaba, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti bitiruvchisi Faxriddin Ergashev loyiq deb topildi hamda diplom va Yaponiya Tashqi ishlar vazirining maxsus sovrini bilan taqdirlandi.

Hozirda Faxriddin Ergashev Yaponiyaning Tokio chet tillari universitetida magistratura bo‘limi Xalqaro munosabatlar yo‘nalishida davlat granti asosida o‘qiydi.

Mobil muxbir: Nafosat Zafarova, TDShI

Top