16:42 / 25.04.2016
1997

Qo‘shiqchi Prinsning albomlari savdosi o‘limidan so‘ng 42 foizga o‘sdi

Amerikalik qo‘shiqchi Prins o‘limidan o‘tib uch kun davomida uning 579 ming albomi sotildi. Bu haqda Nielsen Music musiqiy kompaniya ma'lumotlariga asoslanib USA Today xabar berdi.

Ijrochi vafotidan avval uch kunda muxlislar atigi 1,4 ming plastinka sotib olgan. Shunday qilib, savdo 42 foizga ortgan.

Dinamikaning eng yuqori ko‘rsatkichlari 21 aprel kuni, xonandaning o‘limi ma'lum bo‘lgan kun ertasiga qayd etilgan. Ko‘pchilik uning saralangan qo‘shiqlari albomini ko‘chirib olgan. Bu borada ikkinchi o‘rinda Purple Rain diski (1984) bo‘lib, u shu nomdagi film bilan birga tayyorlangandi.

Ekspertlarning taxminiga ko‘ra, The Very Best to‘plami Billboard 200 to‘plamining avvalidan joy oladi.

21 aprel kuni olamdan o‘tgan amerikalik xonanda Prinsning jasadi 24 aprel kuni Minnesota shtatida krematsiya qilindi. Krematsiya jarayoni qo‘shiqchining yaqinlari, do‘stlari va sozandalaridan iborat kichik guruh ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Qoldiqlar ko‘miladigan manzil sir saqlanmoqda.

2005 yilda Prinsning nomi rok-n-roll shon-sharaf zaliga kiritilgandi.

Uning eng mashhur diski Purple Rain muntazam ravishda rok-n-rol davrining eng yaxshi albomlari ro‘yxatlariga kiritiladi. Xonanda «Gremmi», «Oskar», «Oltin globus» mukofotlari sovrindori hisoblanadi.

Top