15:39 / 26.04.2016
2347

Amerikaliklar oilasida 100 yildan buyon ilk marta qiz farzand tug‘ildi

Aydaho shtatida istiqomat qiluvchi Anderdallar oilasida 1914 yildan buyon faqat o‘g‘il bolalar tug‘ilardi. Lekin bu “an'ana” buzilib, oilada uzoq vaqt tanaffusdan keyin qizaloq dunyoga keldi. Bu haqda Fox News telekanali xabar tarqatdi.

Aureliya Mari Ennon 12 aprel kuni tug‘ildi. U to‘rt avloddan buyon dunyoga kelgan birinchi qizaloq hisoblanadi. Uning otasi Skott Anderdalning so‘zlariga ko‘ra, endi u o‘z avlodida qizlarning ko‘rinishi qanday ekanligini bilib oldi.

Top