19:06 / 26.04.2016
2245

AQShda eng chiroyli buldog zotidagi it tanlandi

AQShda eng chiroyli buldog zotiga mansub it tanlandi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi. Har yilgi an'naviy tanlov 37-marta o‘tkazildi. Tadbir Dreyk universitetida (Aynova shtati) bo‘lib o‘tdi.

Tanlov g‘olibi Vinsent laqabli ingliz buldogi bo‘ldi. It egalari uni hayvonlar uchun mo‘ljallangan boshpanadan olishgan va uning yoshi nechada ekanligini bilishmaydi. Taxminlarcha, it 3 yosh atrofida.

Endi Vinsent Drake Relays yengil atletika musobaqalarining ramzi bo‘lib "ishlab berishiga" to‘g‘ri keladi. U musobaqa ochilishida va fotosessiyalarda ishtirok etadi.

Agar Vinsent o‘z majburiyatlarini bajara olmasa, unda uning o‘rnini tanlov bo‘yicha undan keyingi o‘rinni egallagan raqiblari egallaydi.

Avvalroq Buyuk Britaniyada vest-xaylend-uayt-terer zotidagi it eng yaxshi it nomi uchun 22 mingta raqibini ortda qoldirgani ma'lum qilingandi.

Top