09:48 / 26.04.2016
1555

Fransiya Avstraliya uchun suv osti kemalari qurishga tenderni yutdi

Fransiya Avstraliya buyurtmasi bo‘yicha yangi avloddagi suv osti kemalari qurishga 50 mlrd dollarlik tenderni yutdi, deb xabar bermoqda The Australian nashri.

Nashrning ta'kidlashicha, Fransiyaning tenderda g‘olib bo‘lgani haqidagi xabarni Fransiya prezidenti Fransua Ollandga Avstraliya bosh vaziri Malkolm Ternbull ma'lum qildi.

Tanlovda, shuningdek, Yaponiya va Germaniya ishtirok etgan.

Top