21:44 / 26.04.2016
2255

Logitech videoustunda 160ta klaviatura orqali multfilm namoyish etdi

22-24 aprel kunlari Bostonda o‘tkazilgan PAX East 2016 o‘yinlar festivalida Logitech kompaniyasi klavishlarning har biri orqa tomondan to‘la yoritilgan 160ta o‘yin klaviaturasidan iborat videoustun o‘rnatdi. Bu haqida Engadget xabar beradi.

Ustun klaviaturaning balandlikka moslashgan LED-chaqnoqlari, shuningdek, maxsus dastur yordamida o‘rnatildi. Logitech G810 kompaniyasi taqdim etgan 160ta klaviaturaning har bir klavishi piksellar vazifasini bajaradi va buning natijasida ustunda videorolik namoyishini ko‘rish mumkin bo‘ladi.

Videoustun kompaniya stendi yoniga o‘rnatilgan bo‘lib, unda kompaniyaning Iam8bit o‘yinidagi sahnalar, xabarlar va suratlar aks ettirildi.

Top