10:12 / 26.04.2016
1969

WSJ: Facebook tarmog‘i Snapchat’ning analogini ishlab chiqmoqda

Facebook ijtimoiy tarmog‘i rahbariyati foydalanuvchilarga fotosuratlar, videotasmalar, shuningdek ovozli yozuvlar bilan almashish imkonini beruvchi ilova ishlab chiqishga kirishdi. Bu haqida The Wall Street Journal ma'lum qildi.

Mazkur ilova Snapchat’ning analogi bo‘lishi kutilmoqda, u foydalanuvchilar uchun fotosuratlar va videotasmalar almashishga imkon yaratadi.

Manbaning xabar berishicha, ushbu loyihaning amalga oshishiga to‘liq kafolat yo‘q, chunki u ishlab chiqishning eng boshlang‘ich bosqichida.

Top