19:43 / 27.04.2016
2001

Davlat bojxona qo‘mitasida korrupsiyani jamoatchilik nazorat qilishi mavzuida davra suhbati o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining “Toshkent-aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksida korrupsiyaga qarshi kurashishda nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlikning ahamiyatiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda “Toshkent-aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi boshlig‘i R.Tojiyev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati O.Abdug‘aniyev va boshqalar ishtirok etdi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.

2016 yil 12 apreldan kuchga kirgan O‘zbekiston Respublikasining “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi qonuni asosida parlament tomonidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida nazorat amalga oshirilishi huquqiy mustahkamlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi “Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida bojxona organlarida tarbiyaviy profilaktik ishlar kuchaytirilgan. Bojxona postlarida korrupsiyaning mudhish oqibatlaridan ogohlantiruvchi ijtimoiy videoroliklar namoyishi yo‘lga qo‘yilgan.

“Ishonch telefoni” orqali fuqarolar bojxona qonunchiligi buzilishiga doir holatlar yoki bojxona xodimlarining noqonuniy harakatlari yuzasidan xabar berishi mumkin.

Top