13:37 / 27.04.2016
2257

Ivan Arpa 170 ming frankka “yog‘och” soat ishlab chiqdi

ArtyA brendi asoschisi, soatsoz Ivan Arpa MHC (Manufacture Hautes Complications) kompaniyasi bilan hamkorlikda WOOD Son of Sound Tourbillon modelini ishlab chiqdi. Model korpusi ArtyA’ning patentlangan brendi Son of Sound tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, gitara shakli ko‘rinishiga ega. Soatning siferblatlari tabiiy yog‘ochning plastinka bilan aralashmasi yordamida bezatilgan.

X-obrazli ko‘prikchalar dizayniga ega, ArtyOr orginal qoplamali va qora PVD-qoplamali soat amboyna tabiiy yog‘ochi, qizil-qo‘ng‘irrang kapa va paduk daraxti ishlanmalari bilan bezaklangan. Shuningdek, marmar daraxt va lola daraxtidan ham foydalanilgan. Modelning bezak ishlari bilan qizil daraxtlar ustasi Basten Shevale shug‘ullangan. Mexanizmning ishlashini soatning ort tomonida o‘rnatilgan shaffof qoplama orqali kuzatish mumkin. Model bir dona chiqarilgan bo‘lib, 170 ming shveysariya frankiga baholangan.

Ma'lumot o‘rnida: ArtyA — soat ishlab chiqaruvchi kompaniya bo‘lib, 2010 yilda soatsoz usta Ivan Arpa tomonidan asos solingan. Kompaniya Romain Jerome, Volna, Hublot va Baume & Mercier markalari bilan hamkorlik qilgan.

Top