18:12 / 27.04.2016
2062

Land Rover yo‘qolgan buyumlarni qidirish funksiyasi bilan ta'minlangan Discovery Sport krossoverini taqdim qildi

Land Rover kompaniyasi Discovery Sport krossoverining biroz zamonaviylashtirilgan versiyasini ko‘rsatdi. Yangiliklardan biri yo‘qotilgan buyumlarni egalariga qaytarishga yordam beruvchi InControl Touch Pro multimedia majmui uchun maxsus ilovaning ishlab chiqilganligidadir.

Yangi funksiyaning ishlashi uchun smartfonga maxsus ilovani o‘rnatish va hamyonga solib yurish, kalitga brelok sifatida ilish yoki sumkaning ilgichiga mahkamlash mumkin bo‘lgan Tile belgilarini sotib olish zarur. Bu belgilarni smartfonga Bluetooth 4.0 simsiz aloqasini ulashda qo‘llaniladi va ular bir yilgacha avtonom rejimda ishlashadi. Shundan so‘ng yangi belgi sotib olishga to‘g‘ri keladi, chunki batareya olinadigan emas.

Ilova buyumning joylashuvini faqat bir shart bilan aniqlaydi, ungacha bo‘lgan masofa 50 metrdan oshmasligi kerak. Belgilar tarmoqda birlashishi ham mumkin va belgining yonidan o‘tgan hamda smartfonida Tile ilovasi bo‘lgan har qanday kishi uni topishga yordam bera oladi. Dastur fon rejimida yo‘qotilgan buyumning geografik koordinatalarini yuboradi.

Agar belgi egasiga yaqin joyda joylashgan bo‘lsa, ularni topish osonroq bo‘lishi uchun tovushli signal berishi mumkin. Buyumning joylashgan o‘rnini avtomobilning multimedia tizimidagi ekranda ko‘rish imkoni bor.

Bir Tile-belgining bahosi 25 dollarga teng.

Bundan tashqari, oxiriga yetkazib ishlangan Discovery Sport ham kuzovning yangi ranglari, haydovchining charchagani haqida ogohlantiruvchi tizimlarga ega, harakat chizig‘ini nazorat qiladi va tezlik rejimini avtomatik ravishda qo‘llaydi (elektronika yo‘ldagi belgilarni hisoblaydi va zarurat tug‘ilganda mashina tezligini sekinlashtira oladi).

Top