19:48 / 27.04.2016
3495

Nukusda «Kitob olami» majmuasi ochildi

Bugun, 27 aprel kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasining markazi Nukus shahrida «Kitob olami» majmuasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tomonidan 2015 yil 2 noyabrda Toshkent shahrida «Kitob olami» ma'rifiy majmuasi ochilgan edi. Joriy yildan viloyatlar va tumanlarda ushbu ma'rifiy majmuaning tarmoqlari kengaytirilmoqda.

Agentlik axborot xizmatidan xabar qilinishicha, Nukusdagi kitob do‘koni 300 metr kvadrat maydonni egallagan bo‘lib, unda turli yo‘nalishdagi adabiyotlar stendlari tashkil etilgan va 15 ming nusxadagi kitoblar o‘rin olgan.

Ayni vaqtda Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand, Farg‘ona, Xorazm viloyatlari markazlarida «Kitob olami» majmualari qurilishi ishlari davom etmoqda.

Top