16:57 / 27.04.2016
2666

Olimlar akulalar ko‘zi bilan olamga nazar tashlashdi

Olimlar akulalar bir-birlarini qanday ko‘rishligini bilishga harakat qilishdi va bu savolga javob olish maqsadida dengiz yirtqichlarining nigohida dunyoni ko‘rsatuvchi kamerani o‘rnatishdi. Tadqiqot Scientific Reports jurnalida chop etildi.

Biofluoresan jonivorlar ranglarni o‘zlari aniqlashmas ekan: o‘ziga xos molekulalar ularning teri qavatida atrofdagi nurlarni shimirilib ketishida ishtirok etib, ranglarni to‘lqin uzunligidagi siljish bilan aks ettiradi. Suv ostida ham bu jarayon o‘zgacha ahamiyat kasb etadi. Sababi suv osti ulkan moviy nurlanish filtri vazifasini bajaradi.

Olimlar akulalarning ko‘z setchatkalari tahlilidan ish boshlashdi. Ma'lum bo‘lishicha, bu a'zolar faqatgina uzun chiziqlar (mazkur holatda baliq ko‘zlari juda ham past ko‘rish qobiliyatiga ega bo‘ladi) va bitta turdagi konusdan (ko‘k-yashil ranglarni farqlay olishga yordam beradi) iborat bo‘ladi.

Kamerani quyidagi sharoitlarga moslagan holda olimlar Skripps (Kaliforniya) ko‘rfazi tubiga tushishdi va akulalarni odatiy yashash sharoitlarini o‘rganishdi. Kamerasiz akulalar suv ostida deyarli ko‘rinishmaydi, biroq agarda kamera yoqilsa yirtqich baliqlarda yashil jilodagi ranglar (akulalarning jinsi va turidan kelib chiqqan holda har xil shaklda) tovlana boshlaydi.

Tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, biofluorestsentsiya akulalarga suv ostida bir-birlarini ko‘rishlariga (jinsiy hamrohlarni topish uchun) yordam beradi. Shuningdek, bu jarayonda yirtqichlar ularga yetib olisholmaydi. «Tuganmas ko‘k soyalar dunyosida kutilmaganda moviydan yashil rangga o‘zgarib turuvchi bo‘yoqlar bilan qoplangan mavjudot paydo bo‘ldi. Bu xuddi oq qarg‘aga o‘xshaydi», — deya ta'kidlaydi tadqiqot rahbari Devid Gruber.

Top