19:00 / 27.04.2016
1599

Timoshenko: yangi bosh vazir Yatsenyukdan ham yomonroq

Ukraina Oliy radasidagi «Batkivshina» fraksiyasi yetakchisi Yuliya Timoshenko vazirlar mahkamasining tabiiy gaz uchun yagona narx belgilash to‘g‘risidagi qaroridan noroziligini bildirgan. U «112 Ukraina» telekanalida yangi bosh vazir xususidagi fikrlari bilan ham o‘rtoqlashgan.

«Hukumatning bugungi yig‘ilishida yangi bosh vazir Groysman aholi uchun gaz narxini keskin oshirdi. Bunda aholi foydalanadigan, gaz quyish shoxobchalari, shuningdek, uylarni isitish uchun kommunal xo‘jaliklari xarid qiladigan gaz narxi oshirildi. Vazirlar mahkamasining bugungi yig‘ilishida yuz bergan oddiy fuqarolarga nisbatan bunday surbetlikka hatto Arseniy Yatsenyuk ham yo‘l qo‘ymagan edi», — deb qayd etgan Timoshenko.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Groysman insonlarni qo‘pol ravishda aldagan.
Ukraina vazirlar mahkamasi, Xalqaro valyuta jamg‘armasining navbatdagi kredit portfeli shartlaridan biri bo‘lgan talabni bajarib, aholi uchun gaz narxini keskin oshirgan edi.

Top